Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan Italiya va Fransiyaga aviaqatnovlar to‘xtatiladi

O‘zbekistondan Italiya va Fransiyaga aviaqatnovlar to‘xtatiladi

Foto: «Xabar.uz»

Qishki parvozlar jadvaliga o‘tishi munosabati bilan Urganch–Milan–Toshkent, Urganch–Rim–Toshkent va Toshkent–Parij–Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmati ma’lum qildi.

Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Urganch–Rim–Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25 oktyabrgacha);
  • Urganch–Milan–Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28 oktyabrgacha);
  •  Toshkent–Parij–Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28 oktyabrgacha).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring