Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonga «omikron» kirib kelish ehtimoli yo‘q emas»

Nurmat Otabekov: «O‘zbekistonga «omikron» kirib kelish ehtimoli yo‘q emas»

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov bu borada fikr bildirdi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

— Darhaqiqat, so‘nggi kunlarda dunyo bo‘ylab ushbu mutatsiyaning tarqalish geografiyasi shiddat bilan kengayib bormoqda, — deydi N.Otabekov. — Shuni inobatga olsak, yangi shtammning yurtimizga kirib kelish ehtimoli yo‘q emas. Biroq bu holatdan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlar orqali turli yolg‘on va asossiz axborot tarqatish, aholi orasida ortiqcha vahima ko‘tarish, o‘ylaymanki, hech bir mezonga to‘g‘ri kelmaydi.

Uning fikricha, «omikron»dan sog‘ayish muddati qisqa va kasallanganlarda shifoxonalarga yotish ehtimoli pastligi inobatga olinsa, O‘zbekiston virusning ko‘tarilish xavfiga tayyor.

— Biroq ortiqcha xotirjamlikka berilish ham yaramaydi. Sababi «omikron» boshqa shtammlarga qaraganda anchagina yuqumli va qisqa muddatda aholining katta qismini zararlashi mumkin. Shu bois ayni paytda karantin qoidalariga qat’iy rioya qilish, emlash tadbirlarida faol ishtirok etish har qachongidan-da muhim, — dedi professor.

Dunyo bo‘ylab koronavirusning «omikron» shtammi tez sur’atda tarqalmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yangi mutatsiya allaqachon jahonning 126 ta mamlakatida qayd etilgan. Ayniqsa, kuni kecha Qozog‘istonda ushbu shtammni yuqtirgan ilk bemorlar ro‘yxatga olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring