O‘zbekistonlik aktrisa YTHda halok bo‘ldi
«Opa-singillar» serialida Nafisa rolini ijro etgan aktrisa Gavhar Sharipova 18-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasiga uchrab halok bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, aktrisa Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan bo‘lib, «Aldangan ayol», «Go‘zallik siri», «Alpomish», «Gulxan atrofidagilar», «Sarvinoz» kabi filmlarda ham turli darajadagi rollarni ijro etgan.
Aktrisa o‘zi tug‘ilib o‘sgan Navoiy viloyatida dafn etiladi.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter