Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz borishlari mumkin?

O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz borishlari mumkin?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston fuqarolari bir nechta davlatlarga vizasiz borishlari mumkin. Bu haqda Uzbekistan Airpots ma’lum qildi.

Soddalashtirilgan viza tartibi o‘rnatilgan davlatlar:
1. Ozarbayjon - 90 kungacha;
2. Antigua va Barbuda - 180 kungacha;
3. Armaniston - 180;
4. Barbados - 28 kungacha;
5. Gaiti - 90 kungacha;
6. Gruziya - 360 kungacha;
7. Dominika - 21 kungacha;
8. Indoneziya - 30 kungacha;
9. Qozog‘iston - 30 kungacha;
10. Qirg‘iziston - 60 kungacha;
11. Malayziya - 30 kungacha;
12. Moldova - 90 kungacha;
13. Namibiya - 90 kungacha;
14. Sant-Vinsent va Genadin orollari - 30 kungacha;
15. Tojikiston - 30 kungacha;
16. Turkiya - 30 kungacha;
17. Filippin - 30 kungacha.

Qolaversa, Belarus, Niue, Kuk orollari, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainaga umuman viza talab etilmaydi.

Shuningdek, 33 ta davlatda soddalashtirilgan viza tartiblari o‘rnatilgan. O‘zbekiston fuqarolari ushbu davlatlarga oldindan viza olmasdan borishlari mumkin. Biroq vizalar belgilangan mamlakatga kelganda yoki oldindan onlayn tarzda olinishi lozim bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring