Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonni vertolyotda aylanish imkoniyati tug‘ildi

O‘zbekistonni vertolyotda aylanish imkoniyati tug‘ildi

Foto: «Bonchancetour.ru»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining «Maxsus aviatsiya ishlari» aviakompaniyasi turoperatorlar, agentliklar va barcha xohlovchilarga O‘zbekistonning go‘zal go‘shalariga vertolyotda sayr qilish xizmatidan foydalanishni taklif etadi.

«O‘z kasbining ustasi bo‘lgan vertolyot uchuvchilari nafaqat sizning xavfsizligingizni ta’minlaydi, balki sizni manzilingizga tez va qulay eltib qo‘yishadi», deyiladi MAK axborot xizmati xabarida.

Mi-8MTV-1 — ishonchli vertolyot, bir parrakli sxema bo‘yicha bajarilgan, ikkita gazturbinali dvigatelga va uch tayanchli shassiga ega. Sayohat uchun 16 o‘rindiqli VIP-klass va 22 o‘rindiqqa ega bo‘lgan ekonom klass Mi-8 vertolyotlaridan foydalaniladi. Vertolyotda sayr qilishning o‘ziga xis jihati shundaki, u yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga ham qo‘nib va uchib keta oladi.

Yozgi mavsumning eng issiq pallasi — chillada vertolyotni Chimyon meteostansiyasi vertolyot maydonchasida, Chorvoq oromgohi dam olish zonasida qo‘ndirish va shu yerning o‘zida qisqa muddatli parvozlarni bajarib, dam oluvchilarga unutilmas lahzalarni hadya qilish mumkin.

Xizmatlar jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar olish uchun +998 (71) 258-05-50, +998 (71) 258-49-22 (e-mail: aksar@uzairways.com) telefonlariga murojaat qilish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring