O‘zbekistonning aholisi eng ko‘p hududlari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonning aholisi soni eng ko‘p hududlari — Samarqand (4,31 mln) va Farg‘ona (4,16 mln) viloyatlari. Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqda.
2025-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikamiz hududlarining doimiy aholisi soni:
- Samarqand viloyati — 4 315,3 ming kishi
- Farg‘ona viloyati — 4 162,3 ming kishi
- Qashqadaryo viloyati — 3 656 ming kishi
- Andijon viloyati — 3 474,1 ming kishi
- Namangan viloyati — 3 144,8 ming kishi
- Toshkent shahri — 3 128,5 ming kishi
- Toshkent viloyati — 3 121,5 ming kishi
- Surxondaryo viloyati — 2 959,8 ming kishi
- Buxoro viloyati — 2 082,8 ming kishi
- Xorazm viloyati — 2 039,6 ming kishi
- Qoraqalpog‘iston Resp. — 2 035,1 ming kishi
- Jizzax viloyati — 1 544,3 ming kishi
- Navoiy viloyati — 1 099,2 ming kishi
- Sirdaryo viloyati — 934,5 ming kishi
2025-yilning 8-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 708 861 nafarga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter