Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning yana bir hududida bog‘chalar yopiladi

O‘zbekistonning yana bir hududida bog‘chalar yopiladi

Foto: Hudud24

Xorazm viloyatida shu haftada havo haroratining 44–45° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Shu munosabat bilan, Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining tavsiyasiga muvofiq, maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish maqsadida: 

- 2026-yil 14 - 17-iyul kunlari Xorazm viloyatidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi. 

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan odatiy tartibda davom ettiriladi. 

«Hurmatli ota-onalardan ushbu vaqtinchalik cheklovni farzandlarimiz salomatligini asrashga qaratilgan profilaktik chora sifatida to‘g‘ri qabul qilishlarini hamda bu davrda bolalarning salomatligiga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz», deyiladi rasmiy xabarda. 

Avvalroq Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar vaqtincha yopilishi ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring