Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkino» bilan bog‘liq vaziyat, maoshlar bo‘yicha qaror, koronavirusdan tuzalayotgan bemorlar va boshqa muhim xabarlar

«O‘zbekkino» bilan bog‘liq vaziyat, maoshlar bo‘yicha qaror, koronavirusdan tuzalayotgan bemorlar va boshqa muhim xabarlar

Foto:«Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 17-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat

17-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1390 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar soni esa 150 nafardan oshdi.

Shuningdek, Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov koronavirusga chalinganlar soni nima uchun kamayganligiga izoh berib o‘tdi.

Prezident topshirig‘i: O‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi 2 ming 300 ta apparat sotib olinadi

Shavkat Mirziyoyev 17-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligiga birlamchi va tibbiy yordam loyihalari doirasida Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon bankining 30 million dollar mablag‘i evaziga o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi 2 ming 300 ta apparat va boshqa uskunalar sotib olish vazifasi qo‘yildi.

Koronavirusga qarshi yordam berishda xitoylik vrachlar O‘zbekistonga keldi

Xitoylik mutaxassislar mamlakatimizda COVID-19ning oldini olish, nazorat qilish va davolashni tashkil etishda yurtimiz tibbiyot xodimlariga yaqindan ko‘maklashadi.

Axborotni jilovlab bo‘lmadi. «O‘zbekkino» rahbari o‘ziga nisbatan «isyon» yuzasidan bayonot bermoqchi

Kecha kechki payt peshqadam saytlardan «Daryo.uz»da bir guruh kino namoyondalari «O‘zbekkino» milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov ustidan  hukumat rahbariga shikoyat  qilgani oid maqola chop etildi.

Shuningdek, siz uchun muhim bo‘lgan xabarlar

Budjet tashkilotlari xodimlari maoshiga qo‘shimcha to‘lovlar to‘xtatiladi

Koronavirus yuqtirganlar soni viloyatlar kesimida e’lon qilindi (infografika)

Jahon iqtisodiyoti koronavirus botqog‘idan qanchalik tez chiqa olishi taxmin qilindi

O‘zbekiston termasini JCh g‘olibi qilgan yosh murabbiy vafot etdi

Bu qiziq

Koronavirus qanday haroratda o‘lishi haqida tadqiqot o‘tkazildi

Fransiyadagi Eks-Marsel universiteti olimlari koronavirus qanday haroratda o‘lishi borasida tadqiqot olib bordi. Tadqiqot natijalari bioRxiv portalida e’lon qilingan.

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat bilan ushbu havoladagi infografikada tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring!

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring