O‘zbeklarga Kanadada ishlash imkoni yaratilishi mumkin
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev hamda Kanadaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Alam Xemson o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Kanada bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik fuqarolarni Kanada mehnat bozoriga jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.
«Ikki davlatning xususiy rekruting kompaniyalari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish, fuqarolarni Kanadaga yuborish va viza olish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi», deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter