«O‘zbekneftgaz»: «Andijonneft» AJ tomonidan «Ko‘chat ekish» aksiyasi o‘tkazildi

Bugungi kunda ekologik muammolar sababli turli kasalliklar ko‘payayotgani hech kimga sir emas. Ayniqsa katta shaharlarimizda daraxtlarning asossiz kesilishi doimo jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘lib kelgan.
«Andijonneft» AJ vohamizning yanada ko‘rkam va go‘zal bo‘lishini ta’minlash hamda aholining ekologik, tabiatsevarlik va turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida joriy yilning 4 mart kuni «Ko‘chat ekish» aksiyasini o‘tkazish bo‘yicha vatanparvarlik tashabbusini ko‘rsatdi.
Ushbu aksiya doirasida jamiyat tomonidan 100 dona mevali va 50 dona manzarali daraxtlar ekildi.
Aksiya tashabbuskorlari Respublikamizning yashilligiga yanada hissa qo‘shish, barchani ekologiya va atrof-muhitni asrashga chaqirgan holda bu aksiyani uyushtirdi.
Xalqimizda azaldan ko‘chat ekib, bog‘ yaratgan insonlar ulug‘langan. Bahor eshik qoqayotgan shu kunlarda har bir kishi yaratuvchanlikka o‘zida ishtiyoq sezadi. Bu ishtiyoq esa ertangi kunga zamin tayyorlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter