Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zeltexsanoat»ga yangi rahbarlar tayinlandi

«O‘zeltexsanoat»ga yangi rahbarlar tayinlandi

Hukumat qarori bilan, Alisher Abduhoshimovich Abdullayev «O‘zeltexsanoat» uyushmasining raisi etib, Mansur Rustamovich Hoshimov uyushma raisining birinchi o‘rinbosari, Umid Shavkat o‘g‘li Islom va Jahongir Jalilovich Jamolov uyushma raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, uyushmaning asosiy vazifasi xom ashyoni qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha yagona kompleks sifatida, shu jumladan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlash asosida sanoatni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring