«O‘zEOAVMA»ning nomi o‘zgardi
Bugun, 4-may kuni «Hilton» mehmonxonasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA)ning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zEOAVMA respublikadagi nodavlat teleradiokanallar, kabel televideniyesi studiyalarini qamrab olgan eng yirik nodavlat-notijorat media tashkiloti hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zEOAVMA 18 ta nodavlat telekanal, 19 ta radiokanal, O‘zbekiston kabel televideniyesiga a’zo bo‘lgan 100 ta elektron OAV (shundan 52 tasi xorijiy kanallar)ni o‘z ichiga oladi.
Yig‘ilishda «O‘zEOAVMA»ning nomi o‘zgargani ma’lum qilindi. Endi u O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi deb ataladi.
Ushbu assotsiatsiyaning yangi tarkibi ham tayinlandi. Unga ko‘ra, Assotsiatsiya Boshqaruvi raisining o‘rinbosari – Bosh direktor siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Abrorjon Po‘latov, Assotsiatsiya Bosh direktori birinchi o‘rinbosari Abdulaziz Abutalipov, Bosh direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Ahmedov, Bosh direktorning ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Nigora Xo‘jayeva tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyi boshida Firdavs Abduxoliqov o‘rniga Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zEOAVMA raisi etib saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter