Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» avgust oyi uchun ehtimoliy ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» avgust oyi uchun ehtimoliy ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

Yozning so‘nggi oyi avgust ham kirib keldi. Odatda yoz mavsumining eng issiq davri chilla avgust oyining boshida tugaydi.

Iqlimiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha avgust oyi iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga salqinroq bo‘ladi.

Hududning aksariyat qismida avgust oyi haroratining yeng yuqori cho‘qqi qiymatlari iyul oyi maksimumlaridan past bo‘ladi. Shunda, Toshkentda iyul oyidagi eng yuqori havo harorati 44,6 daraja (bunday harorat 1997-yilda qayd etilgan), avgust oyida yesa 43,1 daraja (1944-yilda) ni tashkil etadi. Respublikaning chekka janubida, Termizda iyul oyida eng yuqori harorat 48,6 daraja (1914-yilda), avgust oyida esa 46,3 daraja (1947-yilda) bo‘lgan.

Bu yil avgust nisbatan qulay harorat qiymatlari bilan boshlanadi. Oyning birinchi besh kunligida kunduzgi havo harorati 33-38 daraja atrofida bo‘ladi. Xuddi shuday harorat foni oyning oxirigacha ustunlik qiladi. Lekin shu bilan birga markaziy hududlarda harorat qisqa muddatli davrga 40-41 darajagacha, janubda va cho‘l zonasida 41-42 darajagacha ko‘tarilish (1-2 kun) ehtimoli bor.

Avgust oyining ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring