Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» dam olish kunlariga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» dam olish kunlariga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

11-noyabr va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 0+5 iliq, ba’zi joylarda -2 sovuqgacha, kunduz kunlari +9+14 iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kechga tomon respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring