Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» dekabr oyi uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» dekabr oyi uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» dekabr oyidagi ehtimoliy ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bu yilning dekabr oyi nisbatan sovuq havo bilan boshlanadi.

1-dekabrdan haroratning pasayishi boshlandi va 3-5-dekabrga kelib respublika hududining katta qismida termometr ustuni kechalari 4-7 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda 1-2daraja sovuqgacha, shimolda kechalari 10-13 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 4-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

Hatto respublikaning eng janubiy qismida ham sovuq bo‘ladi, harorat kechalari 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqgacha pasayadi.

Sovuq ob-havo deyarli dekabr oyining birinchi o‘n kunligi oxirigacha saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha 5-dekabrgacha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 5-10-dekabr kunlari davrida respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari bo‘yicha ayrim kunlarda qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan fonda havo harorati kechalari 2-7 daraja iliqdan 2-7daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqgacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, o‘tgan 2021-yilning dekabr oyi oxirgi 20 yil ichida eng iliq yil bo‘ldi. Ushbu davr uchun 2002, 2011 va 2020-yillarning dekabr oylari esa eng sovuq bo‘ldi.

Toshkentda so‘nggi 20 yil ichida dekabr oyidagi eng iliq kunlarda havo harorati 20-23 daraja iliqgacha ko‘tarilgan, eng sovuq davrlarda esa harorat kechalari 12-15 daraja sovuqgacha pasaygandi.

Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, meteorologik kuzatuvlarning barcha davrlari (150 yildan ko‘p) uchun Toshkentda eng past harorat 20-23 daraja sovuqni tashkil etgan, 1930 yilning dekabr oyida yesa 27-29 daraja esa sovuqgacha bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring