Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» «eng issiq yoz» haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

«O‘zgidromet» «eng issiq yoz» haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Foto: Xabar.uz

Ommaviy axborot vositalarida xabarlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonni eng issiq yoz kutmoqda.

«O‘zgidromet» mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Butunjahon meteorologlari prognozlariga ko‘ra, hozirda kuzatilayotgan El-Nino hodisasi 2024 yilning apreligacha davom etadi. Ushbu hodisa 10 ta raqamli iqlim modellari hisob-kitoblarining o‘rtacha natijasidir.

Keyinchalik, ilmiy asoslarga ko‘ra, O‘zbekistonda odatdagi issiq yoz fasli (Toshkentda havo harorati +40 darajagacha), quruq kuz va sovuq qish bilan tavsiflangan La-Nino jarayoni rivojlana boshlaydi. Quruq kuz, ya’ni yog‘ingarchilik miqdori me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.

Issiq yoz - Bu O‘zbekiston iqlimi uchun tez-tez uchraydigan hodisa.

Janub va cho‘l hududlarida +40...+45 darajagacha, qolgan hududlarda esa +40...+42 darajagacha issiq bo‘ladi. Eng issiq havo yoz oyida odatda 5-7 kun davom etadigan termal tushkunlik bilan bog‘liq va bunday holat 2-3 marotaba kuzatiladi, deyiladi rasmiy izohda.

Tashkilot avvalroq kelayotgan mart oyida ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi xususida ma’lumot bergandi. Unda aytilishicha, mart oyi biroz salqinroq o‘tishi kutilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring