Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

«O‘zgidromet» hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. 

Dam olish kunlari yog‘gan kuchli yomg‘irlar bugun ertalab O‘zbekiston hududidan chekindi. Ko‘pchilik viloyatlarda bugungi kunni o‘zida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida bir oz yomg‘ir yog‘ib o‘tdi.

Faqat Farg‘ona vodiysining ba’zi hududlarida shamolning tezligi 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kunduzi havo harorati 6-11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Keyingi kunlarda respublikaning chekka shimoliy hududlariga Qozog‘iston hududidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massalari kira boshlaydi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida 30-31-mart va 1-aprel kunlari ba’zi joylarda nisbatan beqaror ob-havo kutilmoqda, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Faqat 31-mart kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Juma kuni kam bulutli va quruq ob-havo butun respublika hududini egallaydi.

Mart oyining so‘nggi kunlarida va aprel oyining birinchi kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 30-31-mart va 1-aprel kuni kunduzi havo harorati biroz salqin bo‘lib, 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

2-aprelda iliq havo massalari kirib keladi va kunduzi harorat 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring