Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» to‘rt kunlik ob-havo prognozini taqdim qildi

«O‘zgidromet» to‘rt kunlik ob-havo prognozini taqdim qildi

Foto: «Xabar.uz»

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 22-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 23-25-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18°, 23-oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18°, 24-25-oktyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22-oktyabrda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 23-25-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23-oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 23-oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 12-17°, 24-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20°, 25-oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22 va 25-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 va 24-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27°, 23-oktyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 12-17°, 24-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 12-17°, 25-oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22 va 25-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-oktyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 22-27°, 23-oktyabrda kechasi 11-16°, kunduzi 20-25°, 24-oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 17-22°, 25-oktyabrda kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22 va 25-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 24-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 22-oktyabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 23-24-oktyabrda kechasi 9-14°, kunduzi 12-17°, 25-oktyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 22 va 25-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23-24-oktyabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, baland tog‘larda (yomg‘ir qorga aylanadi). Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-oktyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-oktyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18°, 23-24-oktyabrda kechasi va kunduzi 4-9° iliq, 25-oktyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° boladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring