Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti taqdim etdi

«O‘zgidromet» yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti taqdim etdi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» yangi hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun mamlakatimiz hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi termometr ustuni 30-35° dan yuqoriga ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi, faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, shuningdek do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechalari 16-21°, kunduz kunlari 34-39° atrofida, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42° gacha bo‘ladi.

13 va 14-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring