«O‘zgidromet»: yaqin kunlarda ob-havo qanday o‘zgaradi?
«O‘zgidromet» 14-15-fevral kunlari shimolda havo xarorati maksimumi
+25 darajagacha issiq, respublikaning boshqa viloyatlarida esa +20 +22 darajagacha issiq xarorat bo‘lishini ma’lum qildi.
Mamlakat shimolida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 fevralda 0-5° iliq, 14-15-fevralda 2-7° iliq, kunduzi 13 va 15-fevralda 13-18° iliq, 14 fevralda 15-20° iliq bo‘ladi.
Markaziy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13 fevralda 12-17° iliq, 14-15-fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.
Janubiy viloyatlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-fevralda 3-8° iliq, 14-15-fevralda 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
Vodiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-fevralda 11-16° iliq, 14-15-fevralda 13-18° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter