Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘ziga o‘t qo‘ygan ayol. Holat nazoratga olindi — Farg‘ona viloyati hokimligi

O‘ziga o‘t qo‘ygan ayol. Holat nazoratga olindi — Farg‘ona viloyati hokimligi

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan ishchisi voqeasiga Farg‘ona viloyati hokimligi munosabat bildirdi.

«Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab kelgan 48 yoshli ayolning o‘ziga o‘t qo‘yib, o‘z joniga qasd qilishga urinishi bilan bog‘liq holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Dastlabki kelib tushgan xabar bo‘yicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab kelgan 48 yoshli H.S., kecha, 2-avgust kuni korxona oldida ustiga benzin quyib, o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan. Zavod tibbiyot punktida birinchi yordam ko‘rsatilib, so‘ngra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Kombustiologiya bo‘limiga olib kelib yotqizilgan.

Ayolning o‘z joniga qasd qilishga urinishi bilan bog‘liq holat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avaz O‘rinboyev va viloyat prokurorining o‘rinbosari Behzod Ismoilov boshchiligida ishchi guruh tuzildi. Ishchi guruh tarkibidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Erkin Nuraliyev ham o‘rin olgan. Hozirda ishchi guruh tomonidan holatning kelib chiqish sabablari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari yuzasidan to‘liq axborot taqdim etiladi.

Bugun viloyat hokimining o‘rinbosari — viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlanova Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida bo‘lib, ayolning holidan xabar oldi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring