Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahallada jinoyatchilik oshganiga mahalla raislari aybdor(mi?)

Mahallada jinoyatchilik oshganiga mahalla raislari aybdor(mi?)

Angor tumanidagi “Qorabog‘” mahalla raisi fevralda, Oxunboboyev nomli mahalla raisi yanvarda pora olish, Chortoq tumanidagi “Damariq” mahalla raisi aprelda, Qibray tumanidagi “Bog‘ishamol” mahalla raisi martda, Yangiyo‘l tumanidagi “Obod” mahalla raisi martda firibgarlik, Xovos tumanidagi “Binokor” mahalla raisi aprelda hujjatlarni soxtalashtirish bo‘yicha jinoyatlarni sodir etgan.

Bu haqda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov 6 oylik hisobotida aytib o‘tgan.

Natijada 6 oy ichida respublika bo‘yicha 1 217 ta mahallada jinoyatchilik oshgan. Jumladan, Toshkent viloyatida 146 ta, Samarqandda 176 ta, Farg‘onada 154 ta, Qashqadaryoda 150 ta, Surxondaryoda 98 ta, Buxoroda 105 ta mahallada jinoyatlar soni oshib ketgan.

Samarqandda sodir etilgan 1129 ta jinoyatning 240 tasi, Toshkent shahrida esa 2016 ta jinoyatning 437 tasi umuman muhokama qilinmagan.

Mahallalardagi jinoyatlarning sabablari tahlil etilganda ularning 20 foizi ishsizlik oqibatida sodir etilayotgani aniqlangan. Jumladan, Toshkent shahrida 601 ta, Toshkent viloyatida 347 ta, Samarqandda 307 ta, Namanganda 191 ta jinoyat ishsizlik tufayli sodir etilgan.

Bugungi kunda ishsiz fuqarolar 727 024 nafarni, ularning 329 826 nafari (45,4 foizi) yoshlarni tashkil qiladi. Qoraqalpog‘iston, Toshkent viloyatida 6 foiz, Navoiyda 7,5 foiz, Surxondaryoda 3,5 foiz ishsizlar bandligi ta’minlangan bo‘lsa, Xorazmda ishsizlar soni kamayish o‘rniga 1,6 foizga ko‘paygan.

Shuningdek, notinch oilalar, ya’ni oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etganliklari uchun 11 137 shaxs profilaktik hisobga olingan bo‘lib, 2018 yilning shu davriga (13 288 nafar) nisbatan 2 151 nafarga kamaygan bo‘lsa, Navoiyda 207 taga, Farg‘onada 110 taga, Andijonda 99 taga, Buxoroda 95 taga oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring