Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztransgaz» to‘lovlari vaqtida to‘langan idoralarga «KIA» mashinasini sovg‘a qiladi

«O‘ztransgaz» to‘lovlari vaqtida to‘langan idoralarga «KIA» mashinasini sovg‘a qiladi

Foto: «autotrader.co.uk»

«O‘ztransgaz» AJ matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashkilot barcha hududiy gaz ta’minoti idoralarining faoliyatini yaxshilash choralarini ko‘rmoqda. Yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, ya’ni debitor qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik, aholiga suyultirilgan gazni o‘z vaqtida yetkazib berish, tuman gaz xo‘jaligini kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyorlash, gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash dasturlarini muddatida bajarish, gaz idorasi binosi, servis markazlari, avtotransport vositalari, gaz quvurlari va gaz taqsimlash punktlarining namunaviy holatdaligi doimiy nazoratda.

Ma’lum qilinishicha, «O‘ztransgaz» AJ tizimidagi korxonalar o‘rtasida 2018 yilning 15 iyulidan 31dekabriga qadar «Eng ilg‘or tuman/shahar gaz ta’minoti» Respublika tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib idorani rag‘batlantirish uchun «Kia Sportage Station» rusumli avtomashinasi va idoraning har bir xodimiga 1 mln.so‘mdan mukofot puli taqdim etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi arafasida «Eng ilg‘or gaz xo‘jaligi xodimi» Respublika tanlovi ham tashkil etilib, unda yoshlarning sohaga oid innovatsion g‘oyalari, takliflari, xodimning jamoadagi o‘rni, erishgan yutuqlari, fidoiyligi, kasbga sadoqati alohida e’tiborga olinadi. Unda 10 nafar xodimga 2,5 mln sumdan to 10 mln. so‘mgacha pul mukofotlari beriladi.

«Ayni vaqtda info@uztransgaz.uz elektron manziliga kelayotgan ma’lumotlar orqali ham yosh mutaxassislardagi qiziquvchanlik, mehnatga layoqat va kelajakka ishonch tuyg‘ularining nechog‘lik kuchliligini bilish qiyin emas. Ulardagi bilim va salohiyat kelgusida davlat iqtisodiyotini mustahkamlash barobarida, jamiyatdagi ijtimoiy masalalarning ijobiy hal qilinishiga zamin hozirlashi, shubhasiz»,- deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring