«Palov indeksi»: Toshkent shahri eng qimmat hududligicha qolmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari ma’lum qilindi.(2022-yil mart oyi uchun) Eng qimmat osh Toshkent shahrida (24 800) va eng arzon osh Namangan viloyatida (15 000) kuzatilgan.
Shuningdek, Buxoro va Toshkent viloyatida ham osh narxi qimmatligi kuzatildi.
1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 15 700 so‘m
- Andijon viloyati – 18 400 so‘m
- Buxoro viloyati – 21 300 so‘m
- Jizzax viloyati –19 000 so‘m
- Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m
- Navoiy viloyati – 15 500 so‘m
- Namangan viloyati – 15 000 so‘m
- Samarqand viloyati – 20 300 so‘m
- Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m
- Sirdaryo viloyati – 17 300 so‘m
- Toshkent viloyati – 21 000 so‘m
- Farg‘ona viloyati – 17 800 so‘m
- Xorazm viloyati – 19 400 so‘m
- Toshkent shahri – 24 800 so‘m
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter