«Paqildoq»lar sabab butunlay ko‘r bo‘lib qolish mumkin»: mutaxassis jiddiy ogohlantirdi
Yangi yil arafasida avj olayotgan «paqildoq»lar mavsumi afsuski insonlarga ko‘p noxushliklar keltiradi.
Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi bosh shifokori Otabek Ikromov bu haqda ma’lumot berdi:
— Har yili Yangi yil arafasida va bayramdan keyingi kunlarda «paqildoq» va salyutlardan olingan jarohatlar tufayli birgina bizning shifoxonamizga yuzga yaqin og‘ir ahvoldagi bemorlar murojaat qiladi.
Yuz, qo‘l sohalarida og‘ir kuyish, ko‘zlar shikastlanishi va ko‘rish faoliyati qisman yoki butunlay buzilishi kuzatiladigan bunday bolalar, afsuski, tegishli muolajalardan keyin ham qator asoratlardan aziyat chekmoqda. Hatto bemorlardan bir qismi lahzalik zavq uchun umrbod nogironlikka mahkum bo‘lyapti.
Ko‘zning pirotexnika vositalari ta’sirida kuyishi bir necha darajaga bo‘linadi:
I daraja(yengil kuyish)da ko‘z terisi va shilliq qavati qizarishi, shishishi, eroziyalangan yuzalar shox pardada paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu alomatlar ko‘rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.
II daraja(o‘rtacha kuyish)da ko‘z shox pardasi va kon’yunktivasida pufakchalar hamda shox parda yuzasida xiralashish paydo bo‘ladi .
III daraja(og‘ir kuyish)da shox pardaning chuqur xiralashishi, qovoqlar nekrozi yuz beradi.
IV daraja(o‘ta og‘ir kuyish) barcha ko‘z to‘qimalarining chuqur nekrozi bilan kechadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter