Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Partiya kuzatuvchilari saylov jarayonlarini kuzatishda davom etmoqda

Partiya kuzatuvchilari saylov jarayonlarini kuzatishda davom etmoqda

Besh yillikning muhim siyosiy jarayoni — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Saylov kodeksiga asosan yurtdoshlarimizning faol ishtiroki bilan, ochiq va oshkoralik ruhida davom etmoqda. Ushbu siyosiy tadbir xalqimiz kelajagi, Vatanimizning ertangi kuni, istiqbolini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.

Saylovchilar bugun o‘zining taqdiriga befarq bo‘lmagan holda saylovga qatnashmoqda. Saylov uchastkalarida yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgan. Xususan, pandemiya talablariga amalga qilinmoqda. Fuqarolarimiz saylovda faol qatnashayotganiga guvoh bo‘linyapti.

Hozirgi vaqtda barcha saylov uchastkalari ovoz berish jarayonlari  o‘zining qizg‘in pallasida.

Hududlarda 10 ming 761 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Xalq demokratik partiyasi, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, «Adolat» SDPning kuzatuvchilari tegishli komissiyalar tomonidan berilgan mandatlar asosida to‘la tarkibda saylov jarayonini kuzatish bilan band.

Partiyalarning saylov shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytga qadar joylarda saylov qonunchiligiga zid bo‘lgan xatti-harakatlar kuzatilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring