Paxtachi tumani hokimi ishdan olindi, uning o‘rniga yangisi tayinlandi

Bugun, 27-may kuni xalq deputatlari Paxtachi tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, sessiyada viloyat hokimi E.Turdimov qatnashdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Vohid Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra, Paxtachi tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Shu vaqtgacha Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Hamdamov Muzaffar Yazdanqulovich Paxtachi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter