Pensiyaga chiqdim. Endi mol-mulk solig‘ini to‘lamasligim mumkinmi?

AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:
— Pensiyaga chiqdim. Endi uyim uchun mol-mulk solig‘ini to‘lamasligim mumkinligi rostmi?
— Soliq kodeksining 421-moddasiga ko‘ra, pensionerlar o‘zlarining mulkida bo‘lgan mol-mulkning oltmish kvadrat metriga mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter