Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi — «O‘zgidromet»

Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi — «O‘zgidromet»

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° iliq bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring