Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt hokimligi «O‘rikzor» bozori faoliyati borasida izoh berdi

Poytaxt hokimligi «O‘rikzor» bozori faoliyati borasida izoh berdi

Bir muddat oldin Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga muvofiq, joriy yilning 27-iyunidan «O‘rikzor» bozoridagi qurilish mahsulotlari bozori (savdo kompleksi) aniqlangan yong‘inga qarshi kamchiliklar va qonunbuzarliklar to‘liq bartaraf etilguniga qadar ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani aytilgan edi.

Mazkur xabarlar fonida aholi orasida mazkur bozorning yopilishi haqida xabarlar tarqaldi.

Poytaxt hokimligi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, bozorning yopilmasligini ma’lum qildi.

«O‘rikzor savdo kompleksi» MChJ hech qanday qurilish yoki qayta qurish ishlari munosabati bilan yopilmaydi. Majmua hududidagi barcha obektlar belgilangan ish tartibida (haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz) faoliyatini davom ettirmoqda.

Uning tugatilishi, buzilishi, rekonstruksiya qilinishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», – deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring