Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt markazidagi «O‘zbekenergo» AJ binosi savdoga qo‘yiladi. O‘rnida zamonaviy mehmonxona quriladi

Poytaxt markazidagi «O‘zbekenergo» AJ binosi savdoga qo‘yiladi. O‘rnida zamonaviy mehmonxona quriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi sobiq «O‘zbekenergo» AJ ma’muriy bino inshootlarini yaxlit holda savdoga qo‘yadi.

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 6-uyda joylashgan yaxlit bino-inshootlarning boshlang‘ich narxi 85 012 644 286,1 so‘m etib belgilangan.

Investorga kamida 200 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, savdo majmuasi hamda ko‘ngilochar xizmat ko‘rsatish markazini barpo etish majburiyati qo‘yiladi.

Bu yerda mavjud bino va inshootlarni buzish hisobiga belgilangan tartibda yangi binolarni qurishga ruxsat beriladi. Tanlov g‘olibi – tashqi dizayn va qurilish loyihasini Qurilish vazirligi bilan kelishishi lozimligi aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring