Poytaxt prokuraturasi vaziyatga izoh berib, rasman uzr so‘radi
Bugun ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlarda Toshkent shahar prokuraturasining «Telegram» kanaliga havola berilgan holda kuni kecha o‘ldirib ketilgan dizayner Narimon Grigoryanning murdasi aks etgan videorolik va suratlari tarqaldi.
Jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan mazkur holatga Toshkent shahar prokuraturasi izoh berdi. Unga ko‘ra: «...Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan joriy yilning 15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda xususan, «Instagram», «Facebook» tarmoqlari hamda «Telegram» kanallariga joylashtirilgan ish o‘rganuvchilarni jinoyat sodir bo‘lgan voqea joyiga olib chiqib o‘qitish jarayonida olingan suratlar asosida tayyorlangan videorolik ichki xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan edi. Biroq operator xatosi tufayli ayni videorolik rasmiy kanalga joylashtirish uchun tayyorlangan boshqa to‘rtta material bilan birgalikda yuklab yuborilgan.
Yuzaga kelgan holat sabab Toshkent shahar prokuraturasi zudlik bilan ushbu videorolikni rasmiy kanaldan olib tashlash choralarini ko‘rdi va fuqarolardan mazkur holat uchun uzr so‘raydi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter