Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda yana bir kommunal xizmat narxi oshmoqda

Poytaxtda yana bir kommunal xizmat narxi oshmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida maishiy chiqindilarni olib chiqish tarifi sezilarli darajada qimmatlashadi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan «Maxsustrans» korxonasining qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha poytaxt aholisi va tashkilotlari uchun tariflarini 1,5 baravarga oshirish tasdiqlandi.

Har bir yashovchi uchun oyiga maishiy chiqindilarni olib chiqish tarifi 4500 so‘mdan 7500 so‘mgacha oshiriladi.

Budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 1 kubometr qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish QQSsiz 89 966,57 so‘mga (hozirda 53 986,56 so‘m), 1 tonna chiqindilar — 188 808,96 so‘mga (hozirda 20 174 so‘m) qimmatlashadi.

Korxona va tashkilotlar uchun ND-310 rusumli avtomashinalar (markaziy yuk tashuvchi) yordamida chiqindi tashish shoxobchalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod metro stansiyalari) qattiq maishiy chiqindilarni Ohangaron poligoniga olib chiqish besh baravar qimmatlashadi — 116 461,34 so‘m (hozirda 22 275 so‘m).

Avvalroq Toshkentda ichimlik va oqova suvi tarifi qariyb 3 baravar oshirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring