Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtdagi avtobuslar yo‘nalishlarining 22 tasi o‘zgartirildi, 3 tasi yopildi

Poytaxtdagi avtobuslar yo‘nalishlarining 22 tasi o‘zgartirildi, 3 tasi yopildi

Foto: Farrux Aliyev / «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi 22 avtobus yo‘nalishi harakatiga va 3 ta yo‘nalishagi avtobuslar rusumiga o‘zgartirishlar kiritildi, 3 ta avtobus yo‘nalishi yopildi.

Jumladan, ko‘cha-yo‘l tarmoqlaridagi qurilish va ta’mirlash ishlari doirasida Bektemir, Yashnobod, Sergeli tumanlari orqali harakatlanuvchi 22 ta avtobus yo‘nalishi harakatiga va 3 ta yo‘nalishagi avtobuslar rusumiga o‘zgartirishlar kiritilgan.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020-yil 17-avgustdan boshlab, avtobus yo‘nalishlari quyidagicha harakatlanadi:

  • «Qo‘yliq M2» va «Qo‘yliq M1» avtoshohbekatlarining faoliyati tugatilganligi sababli, 12, 30, 45, 54, 68, 110, 122, 128, 130, 145, 183-sonli avtobus yo‘nalishlarining so‘nggi bekati «Qo‘yliq dehqon bozori» shohbekatida belgilandi;
  • Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 12 va 68-sonli avtobus yo‘nalishlarining qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 13t-sonli «Suvsoz mavzesi – Toshkent vokzali AShB» avtobus yo‘nalishining qaytish yo‘nalishidagi harakati Farg‘ona yo‘li, Husayn Boyqaro ko‘chalari orqali (THAY orqali «Qo‘yliq dehqon bozori» bekatiga kirmagan holda) «Suvsoz mavzesi» AShBgacha tashkil etiladi;
  • Farg‘ona yo‘li — Munis ko‘chalari chorrahasi avtomobillar harakati uchun yopilgani munosabati bilan, 15, 81, 93-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Fargona yo‘li ko‘chasi, Qo‘yliq ko‘prik yo‘li ostidagi qayrilib olish manzili orqali (Qo‘yliq dehkon bozori va Qo‘yliq 1-mavzesigacha harakatlanmagan holda) tashkil etiladi;
  • 22-sonli avtobus yo‘nalishining harakati «Do‘stlik metrosi» AShBdan Elbek, Aviasozlar, Qorasuv, Aviasozlar 5-tor ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama o‘zgartiriladi;
  • 28-sonli «Ibn Sino 2-mavzesi – Do‘stlik metrosi AShB» avtobus yo‘nalishining ish boshlash manzili «Do‘stlik metrosi» AShBdan «Yashnobod qurilish kolleji» bekatiga ko‘chirildi va yo‘nalishning to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati «Yashnobod qurilish kolleji» bekatidan Asalobod, Jarqo‘rg‘on, Izzat, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda, qaytish yo‘nalishidagi harakati Elbek ko‘chasidan Aviasozlar, Qorasuv, Asalobod ko‘chalari orqali «Yashnobod qurilish kolleji» bekatigacha tashkil etiladi va yo‘nalish 28A-sonli «Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi» avtobus yo‘nalishi deb nomlandi.
  • 45-sonli yo‘nalishning «Boshliq» mavzesi tomon harakati Farg‘ona yo‘li ko‘chasi orqali Farg‘ona bozori ko‘prik yo‘li ostida joylashtirilgan burilib olish manzili, Farg‘ona yo‘li va Yangi Qo‘yliq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda o‘zgartiriladi;
  • 59A-sonli avtobus yo‘nalishining harakati M.Tursunzoda ko‘chasidan Mehrigiyo, Parkent yo‘li (4R21) ko‘chalari va THAY orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etiladi;
  • 61A-sonli «Olmos mahallasi – Xalqaro Aeroport-2» avtobus yo‘nalishining qaytish yo‘nalishidagi harakati Katta Yangiobod ko‘chasidan Shohsanam ko‘chasi orqali («Olmos” mahallasi hududigacha harakatlanmagan holda) «Yangiobod mavzesi» AShBda qisqartiriladi.
  • 104 va 117-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati «Baxt ko‘li» bekatigacha harakatlanmagan holda «Qo‘yliq dehqon bozori» AShBda qisqartiriladi;
  • 119-sonli avtobus yo‘nalishining harakati vaqtinchalik «Qo‘yliq 1-mavzesi»gacha harakatlanmagan holda «Qo‘yliq dehqon bozori» AShBda qisqartiriladi.

Yo‘nalishlardagi yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda quyidagi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar rusumiga o‘zgartirish kiritiladi:

  • 15-sonli avtobus yo‘nalishida «Isuzu» avtobuslari o‘rniga «Mersedes» rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;
  • 45-sonli avtobus yo‘nalishida «Mersedes» avtobuslari o‘rniga «Isuzu» rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;
  • 122-sonli avtobus yo‘nalishida «Isuzu» avtobuslari o‘rniga «Mersedes» rusumli avtobuslar tasarruf etiladi.

Yo‘lovchilar oqimi kam bo‘lgan quyidagi 3 ta avtobus yo‘nalishi yopildi:

  • 10-sonli «Yashnobod qurilish kolleji – Toshkent tibbiyot akademiyasi» avtobus yo‘nalishi;
  • 111-sonli «Yunusobod 9-dahasi – Oqtepa maydoni» avtobus yo‘nalishi;
  • 144-sonli «O‘zbekiston jamoa xo‘jaligi – Toshkent MUM» avtobus yo‘nalishi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring