Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtga olib ketilayotgan salkam 3 kg narkotik modda ushlandi

Poytaxtga olib ketilayotgan salkam 3 kg narkotik modda ushlandi

Foto: DXX

DXX hamda IIO hamkorligida Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda salkam 3 kg narkotik fosh qilindi.

Xabarga ko‘ra, «Andijon Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lacetti» mashinasi to‘xtatilib tekshirilganda, uni boshqarib ketayotgan, Andijon shahrida yashovchi, 1984-y.t. J.R.ga tegishli 2 kg 994 gr “gashish” moddasi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi — 1993-y.t. G‘.N. ham ushlangan.

Aniqlanishicha, ular Qirg‘izistondagi narkosavdogarlardan 23 ming AQSh dollariga sotib olinib, kontrabanda yo‘li bilan mamlakatimizga keltirilgan giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida sotmoqchi bo‘lishgan.

Hozirda og‘ufurushlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi, deyiladi xabarda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring