Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

G‘ayratulla Xabibullayevich Yoziyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar G‘.Yoziyev O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Qahraman Ramatullayevich Sariyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Q.Sariyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ulug‘bek Islomovich Muxammadiyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Muxammadiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Umar Sapayevich Ismailov — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar U.Ismailov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring