Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotladi

Prezident bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev «Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan bir guruh olim va tadqiqotchilarni mukofotlash to‘g‘risidagi» farmonga imzo chekdi. Unga ko‘ra, quyidagilar mukofotlandi:

«O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» faxriy unvoni bilan

Turayev Abbasxan Sabirxanovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Yusupova Diloram Yunusovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, akademik

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Namazov Shafaat Sattarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri, akademik

«Do‘stlik» ordeni bilan

Gusakova Svetlana Dmitriyevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi, professor

Djalilov Abdulaxat Turapovich - «Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» davlat unitar korxonasi direktori, akademik

Ibragimova Elvira Memetovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi, professor

Saidxanov Nasir Shakirovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti ilmiy kotibi, professor

Xojimatov Olimjan Kaxxarovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti huzuridagi Toshkent botanika bog‘i laboratoriya mudiri, professor

«Shuhrat» medali bilan

Aimbetov Izzet Kalliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri

Ilyasova Saida Ravilevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi

Ishnazarov Oybek Xayrilayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari instituti direktori o‘rinbosari, professor

Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna - O‘zbekiston Milliy universitetining psixologiya kafedrasi mudiri, professor

Olimov Xusniddin Kosimovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fizika-texnika instituti direktori, professor

Payziyev Shermaxamat Daliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti laboratoriya mudiri, professor

Xudayberganova Durdona Sidikovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri, professor

Hayotov Abdullo Raxmonovich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri, professor

Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna - O‘zbekiston Milliy universitetining falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi mudiri, professor

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring