Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident borib ko‘rgan «Saxovat» uyiga 4 oyda yangi bino quriladi

Prezident borib ko‘rgan «Saxovat» uyiga 4 oyda yangi bino quriladi

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida Namangan shahrida joylashgan «Saxovat» uyida istiqomat qiluvchi keksalar bilan samimiy muloqotda bo‘lgandi.

Mazkur bino 1982 yilda qurilgan bo‘lib, saxovat uyi sifatida foydalanib kelinmoqda. Bu yerda hozirda 14 nafar yakka-yolg‘iz, nogironligi bor fuqarolar yashamoqda. Ularga 34 nafar xodim xizmat ko‘rsatadi. 

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi Alisher Sa’dullayev, viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov bugun «Saxovat» uyida yashovchilar xolidan xabar olish uchun keldi.

Uchrashuvda davlat rahbari tomonidan keksalarga ko‘rsatilayotgan ehtirom va g‘amxo‘rliklar bardavom bo‘lishi, Namangan shahrining «Orzu» mahallasida yangi «Saxovat» uyi qurib bitkazilishi va 4 oydan keyin unga ko‘chib o‘tish imkoniyati yaratilishini bildirildi.

Keksalarga sovg‘a-salomlar topshirildi. Dasturxon yozilib, san’atkorlar kuy-qo‘shiqlari bilan ularning ko‘ngillarini chog‘ qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring