Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Farmoni bilan AKT vaziri tayinlandi

Prezident Farmoni bilan AKT vaziri tayinlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, Shermatov Sherzod Xotamovich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

Sh. Shermatov shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Sh. Shermatov 1977-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugungi yalpi yig‘ilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga shu kungacha Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Shermatov Sherzod Hotamovich nomzodi ma’qullangani to‘g‘risida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring