Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Farmoni: bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi (to‘liq ro‘yxat)

Prezident Farmoni: bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi (to‘liq ro‘yxat)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida Farmon qabul qildi.

Unga ko‘ra mamlakatimizda aziz va mo‘’tabar ayol zotini ulug‘lash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Abduraximova Farida Yuldashevna - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

Ataniyazova Oral Aminovna - Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan

Usmonova Munavvarxon Abduxokimovna - «Saodat» jurnali bosh muharriri

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Axmedova Faridaxon - mehnat faxriysi, Namangan viloyati

Zakirova Gavxar Akmalovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Xodjayeva Ra’no Umarovna - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi professori

Xojiyeva Oydin - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Agzamxodjayeva Munira Sharaxmatovna - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining «International House-Tashkent» akademik litseyi matematika fani o‘qituvchisi

Allambergenova Gulnara Yusupbayevna - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasi «Muxalles» dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi

Axmedova Olmos Gafurovna - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining G‘afur G‘ulom uy-muzeyi direktori

Djurayeva Saida - Samarqand shahridagi «Aziza» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati

Ziyavidinova Mukadas Isamidinovna - mehnat faxriysi, Namangan viloyati

Ibragimova Nasiba Ismailovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faxriy diktori

Ikramova Maxbuba Latibovna - Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi direktorining o‘rinbosari, Buxoro viloyati

Kadirova Maxbura Sultanovna - Olmazor tumanidagi «A’lo Omad Rivoj» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri

Karamova Komila Zaydullayevna - Qashqadaryo viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Kariyeva Munira Djurayevna - Toshkent shahridagi «Jurabek Laboratories» qo‘shma korxonasi rahbari

Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna - To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi, Namangan viloyati

Obidjonova Karomat - mehnat faxriysi, Farg‘ona viloyati

Polvonova Marxabo Rasuljonovna - Rishton tumanidagi «Zar kulol Rishton» oilaviy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati

Rasulova Muxayo Yunusovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi

Salomova Dilobat Ochilovna - «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish sexi operatori, Toshkent viloyati

Sattorova Oyjamol Sherbabayevna - «Hunarmand» uyushmasining Shahrisabz tumani bo‘limi a’zosi, milliy kashtachi-hunarmand, Qashqadaryo viloyati

Tilabova Dildor Xolovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi uchastka kran mashinisti, Navoiy viloyati

Tuychiyeva Yarkinoy Mamazulunovna - «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a’zosi, do‘ppido‘z-usta

Xayitova Omongul - Do‘stlik tumanidagi «O‘lmas Zebiniso» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Sharipova Nasiba Xolidinovna - Sherobod tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, payvandchi, Surxondaryo viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayeva Oydin Utamuradovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi

G‘aniyeva Malika Danikanovna - Sirdaryo tumanidagi «Erkatoy» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati

Dosimbetova Tamara Jumabayevna - Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha qozi yordamchisi, bosh otinoyisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Irkulova Gulbaxor Altibayevna - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi

Kareneyeva Nursulu Sardarovna - Tomdi tumanidagi «Tomdibuloq» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Navoiy viloyati

Karimova Marxaboxon - mehnat faxriysi, erkin ijodkor, shoira

Karimova Nigora Ganiyevna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti kino va televideniye bo‘limi mudiri

Kim Larisa Viktorovna - Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining sport gimnastikasi bo‘yicha bosh murabbiyi, Navoiy viloyati

Mannapova Mamuraxon - Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining o‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi dotsenti, Andijon viloyati

Mardiyeva Dildora Baxronovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali muharririyat bosh muharriri

Mingbayeva Muxabbat Kaxramonovna - Termiz shahridagi «Xamidiy» xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati

Mirzasheva Nasiba Muratovna - Farg‘ona shahridagi «Bahodir Log‘on Tekstil» qo‘shma korxonasi tikuv bo‘limi ustasi, Farg‘ona viloyati

Mirsoliyeva Potima Mirabdullayevna - Pop tumanidagi «Papfen» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tayyorlov sexi ustasi, Namangan viloyati

Nabiyeva Iroda Erkinovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Davolash-profilaktika markazi bosh shifokori

Normetova Sobura Voxobovna - Yunusobod tumanidagi «Katta Hasanboy» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

Nurlepesova Gulnara Juginisovna - erkin ijodkor, shoira, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Pirina Lyudmila Mixaylovna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi

Radjabova Burobiya Tangirovna - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi

Raximova Durdona Shukurullayevna - Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Ruziyeva Dilobod Tursunovna - Nishon tumanidagi «Nishon agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati

Sadikova Valida Nazrullayevna - mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Sadikova Lola Renatovna - Geologiya va geofizika institutining geodinamika, geologik tuzilish va jarayonlarni modellashtirish laboratoriyasi mudiri

Timergalina Nina Yurevna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2-mis boyitish fabrikasi uchastka mashinisti, Toshkent viloyati

Tursunova Valida Daminjanovna - Toshkent shahridagi aholini kasb-hunarga o‘qitishga ixtisoslashgan «Meri Poppins» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori

Xakimova Santalat - mehnat faxriysi, Toshkent shahri

Xuseynova Abira Amanovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi

Shernazarova Zulxumor Jumayevna - Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Ariq oshgan» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati

Egamova Dilorom Yusupovna - Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktrisasi, Samarqand viloyati

Eltayeva Lola Suyunovna - O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi

Yuldasheva Odina Turg‘unpo‘latovna - O‘zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining informatika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Aminova Mehriban Ataxanovna - Xonqa tumanidagi 48-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Davlyakanova Vera Nikolayevna - Pastdarg‘om tumanidagi 12-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Samarqand viloyati

Kotova Irina Vladimirovna - Buxoro shahridagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Buxoro viloyati

Mirzaraximova Xalidaxon Telmanovna - Andijon shahridagi «Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi direktori, Andijon viloyati

Mirzomurotova Uguljon Bekmirzoyevna - Bekobod shahridagi «Sweet bubble» xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent viloyati

Tojiyeva To‘lqinoy Abdujalilovna - Bag‘dod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri, Farg‘ona viloyati

Yunusova Gulandom Samiyevna - Buxoro muhandislik-texnologiya institutining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Buxoro viloyati

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Bekatova Zumrad Raximbayevna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi

Qalandarova Muhabbat Durdiboyevna - Urgut tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati

Matniyozova Mexribon Otaboyevna - Yangiariq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Xorazm viloyati

Ubaydullayeva Sevara Abdullayevna - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Xasanova Lola Emilevna - Toshkent davlat stomatologiya institutining malaka oshirish fakulteti dekani

Hojiyeva Dilbar Yusupovna - G‘ozg‘on shahri tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Navoiy viloyati

Sharipova Visolatxon Xamzayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining anesteziologiya va reanimatologiya ilmiy-klinik bo‘limi rahbari

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Palvanova Nigora Bekbergenovna - Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Rajabova Malika Hayitovna - Qorako‘l tumanidagi «Polvonlar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati

Soliyeva Feruza Qoxromonovna - Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi «Sayiljoy» akademik litseyi direktori, Jizzax viloyati

Elmurodova Zarrina Aslonovna - Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bolalar nevrolog shifokori, Sirdaryo viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Matkarimova Zamira Abdusharipovna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xonqa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Xorazm viloyati

Muydinova Tohiraxon Dadaxonovna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kosonsoy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Namangan viloyati

Xolmatova Leylya Valiyevna - Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining «Qo‘shkent» chegara bojxona posti guruh katta inspektor-surishtiruvchisi

Shokirova Dilrabo Xubbimovna - Yangihayot tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 4-ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahri

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Axmadova Shaxnoza Dilmurodovna - Yangiyo‘l shahridagi «New-Action Textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Beknazarova Maxliyoxon Inomjon qizi - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Bo‘ston tumani bo‘limi boshlig‘i, Andijon viloyati

Dosanova Gulmira Sarsenbayevna - Mo‘ynoq davlat o‘rmon xo‘jaligining xo‘jalik ishlari mudiri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Karimova Shoiraxon Sobitjon qizi - «Ziyo nashr» mas’uliyati cheklangan jamiyatining Farg‘ona filiali ish boshqaruvchisi, Farg‘ona viloyati

Mirsaidova Fotimaxon Eraliyevna - Norin tumanidagi «Mir City» qo‘shma korxonasi rahbari, Namangan viloyati

Moroz Yulianna Romanovna - Toshkent shahridagi «Webmedia Information» mas’uliyati cheklangan jamiyatining uz24.uz veb-nashri bosh muharriri o‘rinbosari

Tojimirzayeva Guzalxon Bahodir qizi - Sirdaryo tumanidagi «Wang Da Group» qo‘shma korxonasi direktori, Sirdaryo viloyati

Shokirova Gulruxbonu Bexzod qizi - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich talabasi

Yuldasheva Shaxlo Shuxratovna - Urganch shahridagi «Sevinch Medical Center» xususiy klinikasi rahbari, Xorazm viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Bekmuratova Venera Djoldasbayevna - Nukus shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Berdiyarova Xusnara Jo‘ramuratovna - Xovos tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Sirdaryo viloyati

Boymuratova Gulsin Alikulovna - Bulung‘ur tumanidagi «O‘roqli» mahalla fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Samarqand viloyati

Jumayeva Farida Farmonovna - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati vinilxlorid va polivinilxlorid ishlab chiqarish sexi smena muhandisi, Navoiy viloyati

Jumanova Zamira Xasanovna - Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilma kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati

Jurayeva Sayyora Akramjonovna - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Namangan viloyati

Ismoilova Muqaddas Zaynitdinovna - Muzrabot tumanidagi «Anor Umr» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati

Isxakova Nasiba Maxsudovna - «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi a’zosi, kashtachilik-so‘zana ustasi

Karabayeva Nafisa Kutpitdinovna - Uchtepa tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent shahri

Qurbonova Aziza Abdusabitovna - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bo‘lim katta muharriri, ijtimoiy tarmoqlardagi «Mikrofon ko‘targan ayol» sahifalari blogeri

Madiyarova Shoxista Azizmatovna - Toshkent viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari

Mamayusupova Zulayxo Primkulovna - Jizzax shahridagi «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig‘ini raisining xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, Jizzax viloyati

Mirzanazarova Maxsuda Yuldashovna - «Uzauto Motors Powertrain» aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi, Toshkent viloyati

Mustanova Shaxnoza Rustamovna - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi

Nazarova Shoiraxon A’zamovna - Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri artist-sozandasi, Farg‘ona viloyati

Nishanova Xanifaxon Sobirovna - Yangiyo‘l tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent viloyati

Nurmanova Madina Shuxrat qizi - Toshkent shahri «Simple Networking Solutions» mas’uliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi «Daryo.uz» internet-nashri fotomuxbiri, bloger

Rajabova Yulduz Shamshiddinovna - «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktrisasi

Rustamova Shaxlo Muxammadjonovna - «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi

Rustamxodjayeva Munisxon Rasuljanovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli» unitar korxonasi sex texnigi

Sabirova Dilfuza Kiyemovna - «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyatining sifatni kafolatlash bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Sabirova Roza Davlatmuratovna - Urganch shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining nemis tili fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

Sadikova Seyyare Sifedinovna - Andijon tumanidagi «Fusunkor» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati

Tojiboyeva Buxalima Tuxtaboyevna - Namangan viloyati «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi katta hamshirasi

Turekeyeva Ariuxan Aimuratovna - «Qaraqalpaqstan jaslari» gazetasi mas’ul kotibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Urakova Lola Xamidovna - erkin ijodkor, adiba, Qashqadaryo viloyati

Xaydarova Risolat Tursunovna - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi bosh mutaxassisi

Xalimova Sharifa Raximovna - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, qorako‘l mahsulotlari tikuvchisi

Sherboboyeva Gulrux Baxtiyorovna - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, Qashqadaryo viloyati

Shoberdiyeva Nazira Ruziyevna - Termiz tumanidagi «Angel Farishta» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Yuldasheva Dildora Ergashevna - Sirdaryo tumanidagi «Reka-Med Farm» mas’uliyati cheklangan jamiyatining yig‘uvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati

Yuldosheva Hamida Ismoilovna - Buxoro viloyati «Muruvvat» nogironlar uchun ayollar internat uyi hamshirasi

Yunusova Xamidaxon Xaldarovna - Andijon tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Andijon viloyati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring