Prezident keskin tanqid qilgan mahallaga bloger rais etib saylandi

Yangi Namangan tumani hokimligi tavsiyasiga binoan Jobirxon Alixonov «Bunyodkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylangan.
Undan oldin mazkur lavozimda Yangi Namangan tumani hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Obidxon Dadashev faoliyat yuritgan.

«Asli kasbi feldsher bo‘lgan, Namangan shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining travm punktida uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan Jobirxon Alixonov Feysbuk, Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkir, dolzarb mavzulardagi chiqishlari bilan e’tibor va hurmat qozongan.
U ayni vaqtda mahalliy davlat hokimiyati idoralari va jamoatchilik o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni yanada yaxshilash, sahovat tadbirlarida ham faolligi bilan tanilgan», deyiladi Namangan viloyati hokimligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil fevral oyida Namanganga tashrifi chog‘ida «Bunyodkor» mahallasidagi holatni keskin tanqid ostiga olgan, viloyat hokimi bu yerda konteynerda yashashini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter