Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident paxta chayqovchiligi bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

Prezident paxta chayqovchiligi bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

Prezident ishtirokida ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda tolani qayta ishlash quvvati yetarli bo‘lmagan ayrim «uddaburonlar» davlatning arzon resursi hisobiga paxta «spekulyasiyasi» bilan shug‘ullanayotgani tanqid qilindi.

Ma’lum qilinishicha, to‘qimachilik korxonalarining tijorat kreditidan 2,2 milliard dollar qarzdorligi bor. Kreditlarning 90-95 foizi xorijiy valyutada, atigi 16 foiz korxona xalqaro sertifikatga ega.

«Bunday sharoitda korxonalar tashqi bozorda qanday raqobat qiladi, kreditini qanday qaytaradi?» – deya savol qo‘ydi Prezident.

Shuningdek, har bir viloyatda 10-15 tadan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi borligi bilan ularning brendlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy standartlarga o‘tkazish ishlari oqsayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy va Toshkent viloyatlarida tolani qayta ishlash quvvatlari o‘zidagi xomashyoga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p. Shunday bo‘lsa-da, hokimlar hududiy investitsiya dasturini ishlab chiqishda ip-kalava loyihalarini taklif etib kelayotganiga e’tiroz bildirildi.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz to‘qimachilik mahsulotlari eksportiga yanada faol ko‘maklashishi muhimligi qayd etildi. 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring