Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident «prava»ni «sotib olish» holatini keskin tanqid qildi

Prezident «prava»ni «sotib olish» holatini keskin tanqid qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini berish tartibi kuchaytiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘l-transport hodisalari oqibatida yuzaga kelayotgan yo‘qotishlar hatto koronavirus keltirgan talofatdan ham ko‘proq bo‘layotganini aytib o‘tdi.

Davlat rahbari yo‘llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish uchun yo‘l harakatini boshqarishni to‘liq raqamlashtirish zarurligini ta’kidladi. Prezident bu boradagi ishlarni  jadallashtirish bo‘yicha IIV vaziri Po‘lat Bobojonov, Transport vaziri Ilhom Mahkamov va viloyat hokimlariga topshiriq berdi.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek haydovchilik guvohnomasini o‘qitmasdan berish jinoyatiga jazoni kuchaytirish lozimligini alohida aytib o‘tdi.

«Shu o‘rinda, bir muhim masalaga barchaning e’tiborini qaratmoqchiman — haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi. Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda.

Bu muammoni bartaraf qilish uchun Davletov, Bobojonov va Yo‘ldoshev o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish ishlarini boshlashi lozim. Ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish «jinoyati»ga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha, bir oy muddatda qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritsin», — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev majlis davomida bu boradagi qonun hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqish va qabul qilinishiga shaxsan mas’ul mutasaddilarni tayinladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring