Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: xotin-qizlar uchun 1-oktyabrdan yangi imkoniyatlar

Prezident qarori: xotin-qizlar uchun 1-oktyabrdan yangi imkoniyatlar

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston prezidentining «Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-oktyabrdan boshlab:

- kasanachiga zarur asbob-uskuna xarid qilish uchun tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya miqdori amaldagi BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi;

- Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi olis va chekka hududlardagi mahallalarda kamida 20 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni kasanachilik asosida ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida hududlarda har yili bir marotaba har birining qiymati 50 mln so‘m bo‘lgan loyihalar tanlovini o‘tkazadi;

- yangi ish boshlayotgan kasanachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish va takomillashtirish hamda ularga uslubiy yordam berish uchun xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lider kasanachilarni jalb etgan holda o‘quv kurslari tashkil etiladi;

- «Ayollar daftari»ga kiritilgan kamida 5 nafar ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara haqi 50 foiz miqdorda undiriladi;

- ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan kasanachilikni tashkil etgan va imtiyoz berilgan davrda ularning bandligini saqlab qolgan tadbirkorlik subyektlari davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 2027 yil 1 oktyabrga qadar ozod etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring