Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Samarqandda bir qator mansabdorlarni ishdan oldi

Prezident Samarqandda bir qator mansabdorlarni ishdan oldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘ta tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari viloyatdagi sektorlar va tegishli mutasaddilar juda sust ishlayotganini ko‘rsatib o‘tdi

Yig‘ilish davomida bir qator mansabdor shaxslar ishdan olindi. Faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:

- Samarqand tumani hokimi N.Mavlonov;
- Nurobod tumani hokimi F.Zairov;
- Markaziy bankning viloyat boshqarmasi rahbari O.To‘xtayev,
- Oqdaryo tumani prokurori D.Kubayev;
- Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari J.Qodirov, F.Gafarov va D.Ibragimov;
- Urgut va Payariq tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari A.Almazov va M.Ergashev;
- viloyat elektr tarmoqlari korxonasi rahbari G‘.Mamatqulov ishdan olindi.

Ularning ba’zilariga nisbatan to‘plangan, shu jumladan korrupsiya holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida jinoiy ish ochish masalasi o‘rganib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring