Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prezident sovg‘asi»da planshet ham bo‘ladi

«Prezident sovg‘asi»da planshet ham bo‘ladi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Respublika bo‘ylab Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar uchun «Prezident archasi» tadbirlari o‘tkaziladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlangan «Prezident sovg‘asi» tarkibiga shirinliklar, o‘quv qurollari va Bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, joriy yilda Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta bo‘lgan 980 nafar tarbiyalanuvchi uchun zamonaviy planshet ham sovg‘alar tarkibiga kiritildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring