Prezident tanqididan so‘ng Andijondagi voqea yuzasidan vazir emas, matbuot kotibi uzr so‘radi

Andijondagi fojea oshkor bo‘lgani hamono jamoatchilik tomonidan (aybdorlar qat’iy javobgarlikka tortilishiga shubha qilmasa-da) Ichki ishlar vazirligi rahbariyati rasman uzr so‘rashi, hatto vazir iste’fo berishi kerakligi mazmunidagi fikrlar yangragan edi.
Kuni kecha odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi mamlakat Prezidenti Andijon va Chiroqchida IIB xodimlari qiynoqlaridan ikki inson vafot etganini tilga olib, tizim rahbarlarini qattiq tanqid qilar ekan, buning xalqdan nima uchun rasman kechirim so‘rashmaganini katta savol qilib qo‘ydi.
Bugun andijonlik IIB xodimlarining shafqatsizligi natijasida o‘lim topgan fuqaro, mazkur holat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga bag‘ishlangan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ko‘pdan kutilgan rasmiy uzr, nihoyat, yangardi. Rasmiy uzrni Ichki ishlar vaziri shaxsan o‘zi emas, uning matbuot kotibi so‘radi: «Andijonda bo‘lgan holat yuzasidan har bir aybdor javobgarlikka tortiladi va tizimimizni shaffoflashtiramiz. Holat yuzasidan barchadan uzr so‘raymiz», dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter