Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident yangi qonunni imzoladi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Qonun matni «Xalq so‘zi»da e’lon qilindi.

Ushbu Qonunning maqsadi jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning asosiy vazifalari jabrlanuvchilarning, guvohlarning va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining (bundan buyon matnda himoya qilinuvchi shaxslar deb yuritiladi) hayoti, sog‘lig‘i hamda mol-mulkiga tajovuz tahdidi mavjud bo‘lganda qo‘llaniladigan, jinoyatlarning oldini olishga yoki ularni fosh etishga ko‘maklashadigan, xavfsizlik va ijtimoiy himoya qilish choralarini o‘z ichiga oladigan chora-tadbirlar tizimini belgilashdan, shuningdek ularni qo‘llashning asoslari hamda tartibini aniqlashdan iboratdir.

Qonun 2019-yil 14-yanvardan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring