Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yig‘ilishi: tumanlar alohida toifalarga ajratilmoqda

Prezident yig‘ilishi: tumanlar alohida toifalarga ajratilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident  boshchiligida yig‘ilish davom etmoqda. 

Yangi tizimga ko‘ra, tumanlar alohida toifalarga ajratildi. Yig‘ilishda 4 va 5-toifalarga kirgan og‘ir tumanlar hokimlari o‘z ish uslublari va yondashuvlarini o‘zgartirishi shartligi qayd etildi.

Masalan, bugun Surxondaryoning barcha tumanlariga respublikadan tajribali kadrlar hokim qilib qo‘yildi.

Shu bilan birga, ushbu tumanlarda kambag‘allikni qisqartirish ishlari ham yangicha tashkil qilinadi. Bunda:

- birinchi bosqichda «temir daftar», «yoshlar daftari» va «ayollar daftari» yagona tizimga birlashtirilib, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi;

- ikkinchi bosqichda har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual dasturlari tuziladi;

- uchinchi bosqichda oila uchun kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring