Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini borib ko‘rdi

Prezidentlar Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini borib ko‘rdi

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu majmua buyuk olim qurdirgan rasadxona yonida tashkil etilgan. 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qayta qurilgan.

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Muzey ikki zal va olti bo‘limdan iborat. Undan Mirzo Ulug‘bek davriga oid yuzdan ziyod ashyolar, kitoblar, qo‘lyozmalar, asl nusxadagi kvadrant asbobi o‘rin olgan. Shuningdek, maketlar, monitorlarda Mirzo Ulug‘bek haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar namoyish etilgan.

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Emomali Rahmon rasadxonaga yuksak baho berdi. Dunyoning aksariyat o‘lkalari qoloq bo‘lgan o‘rta asrlarda ajdodlarimiz yuksak ilmiy kashfiyotlar qilgani, ular hali-hamon odamlarni hayratga solishini ta’kidladi.

Foto: Prezidentning matbuot xizmati
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring